“Real” Valverdega katta narx belgiladi, “Siti” asosiy xaridor
Yevropaning bir nechta klubi yarim himoyachi Federico Valverdening jamoadoshi Orelien Tchuameni bilan mushtlashuvidan keyin Madriddning “Real” jamoasini tark etishini kutmoqda.
27 yoshli futbolchining ehtimoliy transferi 100-120 million evroni tashkil qilishi mumkin. Bu haqida AS xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, Valverde uchun kurashda 2025 yil yozidan beri uni kuzatib kelayotgan “Manchester Siti” asosiy favorit hisoblanadi. Ta'kidlanishicha, urugvaylik futbolchining o‘zi “Qirollik klubi”ni tark etishni istamayapti.
Joriy mavsumda Valverde barcha musobaqalarda 48 ta o‘yinda qatnashib, to‘qqizta gol va 13 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali ma'lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 120 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar