“Real” Vinisius o‘rniga zo‘r nomzod tanladi

  • 26.06.2026 18:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real Madrid” klubi Vinisius Zhunior bilan ehtimoliy xayrlashish holati uchun hujum chizigʻini kuchaytirish variantlarini oʻrganmoqda.

Braziliyalik futbolchining kelajagi hali ham noaniqligicha qolmoqda. Uning amaldagi shartnomasi bir yildan keyin tugaydi va yangi kelishuv boʻyicha hali kelishuvga erishilmagan.

Transfer News Live nashrining Sport manbasiga tayanib xabar berishicha, agar Vinisius klubni tark etsa, “Real” birinchi navbatda Erling Xolandni olib kelishga harakat qiladi. Florentino Peres “Manchester Siti” yulduzi uchun taxminan 150 million yevro taklif qilishga tayyor.

Shuningdek, Maykl Olise (“Bavariya”) va Xulian Alvares (“Atletiko”) ham variant sifatida koʻrilmoqda. Ammo klub ichida Xoland asosiy nomzod, deb hisoblanyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!