"Real" Vinisiusni qanday mukofotlamoqchi?

  • 20 aprel, 2022, 19:27
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real"ning braziliyalik hujumchisi Vinisius Junior “qirollik klubi” bilan uzoq muddatga mo‘ljallangan yangi shartnoma imzolaydi, deb xabar bermoqda Goal.

Tecno

Manbaga ko‘ra, madridliklar braziliyalik futbolchiga shartnomani 2027 yilning yoziga qadar uzaytirish bo‘yicha taklif bilan chiqqan. Qayd etilishicha, yangi kelishuvga binoan futbolchining maoshi ham sezilarli darajada oshiriladi. Ayni damda u Xesus Valexo va Andrey Lunin bilan birga Madrid klubida eng kam maosh oladigan futbolchi hisoblanadi.

Vinisius joriy mavsum “Real” safida jami 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!