
"Real" Xamesga minnatdorlik bildirdi
"Real" safini yana bir futbolchi tark etdi. Madridliklar tarkibida chiroyli harakatlari bilan esda qolgan Xames Rodriges faoliyatini "Everton"da davom ettiradi. Shu sababli, klub rasmiy sahifasi kolumbiyalik futbolchi bilan xayrlashdi:
"Real" Madrid jamoasi Xames Rodrigesga yillar davomida klubning bir qismi bo‘lgani, sovrinlar yutishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun minnatdorlik bildiradi. Klub uning kelajakdagi faoliyatiga faqat omad tilaydi".
29 yoshli pleymeyker "Qirollik klubi" safida 125 o‘yinda maydonga tushib, 37 gol va 42 assistga mualliflik qilgan. Shuningdek, u klub a’zosi sifatida 2 bor Chempionlar Ligasi, La Liga, Evropa superkubogi, 1 martadan klublar o‘rtasidagi jahon chempionati hamda Ispaniya superkubogi g‘olibiga aylangan.
Fikrlar