
“Real” xo‘jayinlariga Anchelottining qilgan ishi yoqmadi
“Real” Ispaniya chempionatining o‘ninchi turida “Sevilya” mehmoni bo‘lib, durang o‘ynadi va ikki ochko yo‘qotdi.
Bu natija klub rahbariyatining bosh murabbiy Karlo Anchelottiga e’tiroz bildirishi uchun sabab bo‘ldi.
Relevo nashrining ta’kidlashicha, klub xo‘jayinlariga Karlo Anchelotti yoshi o‘tib qolgan o‘yinchilar, xususan, Toni Kroos va Luka Modrichga ko‘p imkon berayotganidan yoqmayapti. Rahbariyat italiyalik mutaxassisdan maydon markazida Tchuameni, Kamavinga hamda Valverde singari yosh futbolchilardan ko‘proq foydalanishni uqtirmoqda.
“Sevilya”ga qarshi uchrashuvda Toni Kroos to‘liq o‘ynadi. Luka Modrich 67-daqiqadan o‘yinga qo‘shildi.
“Qirollik klubi” mutasaddilari ko‘rsatgan uch futbolchidan birortasi maqdonda 90 daqiqa harakat qilgani yo‘q. Tchuameni va Valverda 67-daqiqada zaxiraga olingan bo‘lsa, Kamavinga ayni mana shu daqiqada maydonga tushirildi.
Fikrlar