“Real” Xoland bo‘yicha yakuniy qarorga keldi

  • 13.04.2022 10:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” rahbariyati Erling Xoland uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi. Aslida madridliklar asosiy nishon sifatida Kilian Mbappeni belgilagan edi. Frantsiyalik futbolchi PSJda qolishga moyilligini bildirganidan keyin “Qirollik klubi” norvegiyalik to‘purar uchun kurashga qaytdi.

Ayni paytda Xolandga asosiy da’vogar sifatida “Manchester Siti” tan olinmoqda. Biroq, “Real” Mbappeni qo‘lga kirita olmasa, manchesterliklardan ko‘ra manfaatliroq shartnoma taqdim etishga harakat qiladi.

Qolaversa, Norvegiya terma jamoasi yulduzining o‘zi Angliyadan ko‘ra Ispaniya chempionatini o‘ziga mos, deb bilmoqda.

“Borussiya” to‘purari joriy mavsumda barcha turnirlarda  25 ta uchrashuv o‘tkazib, 23 ta gol va ettita assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!