“Real” Xoland uchun super o‘yinchisidan voz kechdi
“Real” norvegiyalik hujumchi Erling Xolandni olish uchun “Borussiya”da ijara asosida to‘p surayotgan va ko‘plab grand klublar e’tiborini qozongan Ashraf Hakimidan voz kechishga tayyorligini ma’lum qildi.
Dortmundliklar bu himoyachining ijara muddatini uzaytirish yoki to‘liq transfer qilish istagini bildirgandi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, madridliklar nemislarning tilini qisish va Xolandni qo‘lga kiritishda ustunlikka ega bo‘lish uchun Hakimini uzoq muddatli ijara asosida Dortmundda qoldirmoqchi.
21 yashar Hakimi o‘ng qanot himoyachisi bo‘lishiga qaramay, joriy mavsumda 39 ta uchrashuvda 8 ta gol urdi va jamoadoshlari uning to‘p uzatishidan so‘ng 10 marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Xoland esa "Borussiya"ga kelganidan bun 13 ta uchrashuvda 13 ta gol urdi.
Fikrlar