“Real” yana bir 100 millionlik transferga qo‘l urmoqda

  • 27.06.2022 20:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Evropa matbuotining xabar berishicha, “Real” kelasi yili yozda yana bir superfutbolchini olishga qaror qildi.

Madridliklar “Borussiya” yarim himoyachisi Jud Bellingemni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lyapti. “Qirollik” klubi angliyalik charm to‘p ustasi uchun 90 million evro taklif qilmoqda. Bundan tashqari, turli bonuslar bilan bu summani 100 million evroga etkazmoqchi.

Mana shu yo‘l bilan “Real” Bellingemga da’vogarlik qilayotgan “Chelsi” va “Liverpul”ni kurashdan chiqarishni mo‘ljallagan.

“Real” kelasi mavsumdan maydon markazini yangilaydi. Hozircha, murabbiylar shtabi kelajak uchun poydevor yaratib, o‘rta chiziqda Eduardo Kamavinga, Federiko Valverde va yangi olingan Orelen Chuamenini o‘ynatmoqchi. Udar yoshi o‘tib qolayotgan Kazemiro, Luka Modrich va Toni Kross o‘rnini egallaydi.

Kelasi yili ular qatoriga Jud Bellingem ham qo‘shilishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!