“Real” yana bir futbolchidan voz kechdi
“Real” joriy mavsum yakunlangandan keyin tarkibini tartibga solish ishlarini hozirdan rejalashtirib bormoqda va bu qarorlar asosida ayrim o‘zgarishlarga qo‘l uradi.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Madrid jamoasidan hujumkor yarim himoyachi Franko Mastantuono ketishi kutilyapti.
OK Diario nashri xabar berishicha, “Qirollik klubi” xo‘jayinlari asosiy tarkibga kirishga qiynalayotgan yosh yulduzni boshqa jamoaga ijara asosida yuborish variantini ko‘rib chiqmoqda.
Gap oddiy ijara haqida bormoqda va da’vogar klubga o‘yinchini keyinchalik sotib olish huquqi berilmaydi. Madriddliklar Mastantuono muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishini va rivojlanishini istaydi.
Franko Mastantuono “Real” safiga o‘tgan yozda, voyaga yetganidan keyin qo‘shilgan. Shundan buyon argentinalik futbolchi 27 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.
Fikrlar