“Real” yana bir turk futbolchisini chaqiryapti
“Real” klubi mutasaddilari Turinning “Yuventus” klubida porlayotgan turk futbolchisi Kenan Yildiz transferini amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganib chiqmoqda.
Gazzetta dello Sport nashrining ma’lumotiga ko‘ra, “Qirollik klubi” 21 yoshli turkiyalik futbolchini yozgi transfer oynasi uchun ustuvor maqsadlardan biri, deb hisoblamoqda.
Florentino Peres La Liga va Chempionlar ligasidagi omadsiz mavsumdan keyin tarkibni yanada kuchaytirishga qaror qilgan.
Avvalroq, Yildizga “Chelsi” jiddiy qiziqish bildirgan edi, ammo fevral oyida o‘yinchi “Yuventus” bilan 2030 yil yozigacha yangi shartnoma imzoladi.
Shunga qaramay, “Real” hujumkor futbolchi atrofidagi vaziyatni kuzatishda davom etmoqda.
Kenan Yildiz 2022 yildan beri “Yuventus” safida o‘ynamoqda, u bu jamoaga Myunxenning “Bavariya” klubidan o‘tgan edi.

Fikrlar