"Real" yana shu futbolchini olishga urinadi

  • 18.06.2026 20:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Real» Madrid hali ham «Bavariya» hujumchisi Maykl Oliseni oʻz safiga qoʻshish rejasidan voz kechmagan.

Jurnalist Xose Feliks Dias xabar berishicha, myunxenliklar rahbariyati rasmiy futbolchini sotmasligini maʼlum qilganiga qaramay, madriddliklar fransuz hujumchisini olish gʻoyasidan chekinmagan. Shu bois «qirollik klubi» yozgi transfer oynasidan foydalanib, Oliseni qoʻlga kiritish boʻyicha yangi urinishlar qilishi kutilmoqda.

Maykl Olise 2024 yili «Kristal Pэlas»dan «Bavariya»ga 53 million yevro evaziga oʻtgan. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2029 yil 30 iyuniga qadar amal qiladi. 2025/26 yildgi mavsumda fransuz futbolchisi myunxenliklar safida barcha musobaqalar doirasida 52 ta oʻyin oʻtkazib, 22 ta gol urdi va 31 ta golli pas berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!