“Real” yana yulduzlar jamoasiga aylanadi. Klub eng zo‘r futbolchilarni jamlash yo‘lini topdi!

  • 19 avgust, 2021, 17:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati kelasi yozda jamoa tarkibini yulduzlar bilan kuchaytiradi. Buning uchun Florentino Peres mavsum yakunlanishi bilan erkin agentga aylanadigan charm to‘p ustalarini Madridga olib kelishni rejalashtirmoqda.

Birinchi navbatda, “Qirollik klubi” 2022 yilning yozida PSJ shartnomasi yakunlanadigan Kilian Mbappe bilan Madridga kelish borasida kelishib qo‘ymoqchi. Shuningdek, madridliklar xuddi shu usulda “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Pol Pogbani ham o‘z safiga qo‘shib olishga umid qilmoqda. Frantsiyalik futbolchilarning o‘zi ham “Real”da o‘ynash istagini bildirmoqda.

Shuningdek, Florentino Peres Germaniya terma jamoasi vakillari – “Chelsi”dagi faoliyatini yakunlash arafasida turgan Antonio Ryudiger va “Bavariya” bilan yangi shartnoma imzolamagan Leon Goretskani ham o‘z jamoasiga chorlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!