"Real" yangi murabbiy uchun Klopp va Mourinьodan birini tanlamoqchi
Madridning "Real" klubida navbatdagi murabbiylar almashinuvı yaqinlashmoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, Alvaro Arbeloa mavsum yakunida jamoa boshqaruvini tark etadi va klub allaqachon uning oʻrniga nomzodlar izlamoqda.
Taniqli jurnalist Xosep Pedrerol xabariga koʻra, "qaymoqranglilar" Yurgen Klopp va Xose Mourinyo variantlari orasidan tanlov qilmoqda.
Hozirda Klopp "Red Bull" futbol boʻlimi rahbari sifatida faoliyat yuritmoqda, Mourinyo esa "Benfika"ni boshqarmoqda.
Kloppning nomi ancha vaqtdan beri "Real" bilan bogʻlanib keladi, ammo sobiq "Liverpul" ustozi murabbiylikka qaytish rejasi yoʻqligini bir necha bor taʼkidlagan.
Xose Mourinyo esa bundan avval 2010–2013 yillarda "Real"ni boshqargan.

Fikrlar