“Real” yoki “Yunayted”? Superto‘purar o‘ziga jamoa tanladi

  • 4 iyun, 2023, 22:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem” tarixida eng ko‘p gol urgan Harri Keyn yozda jamoani tark etmoqchi. Tajribali hujumchi sovrinlar uchun kurashadigan qudratli klubga o‘tish niyatida.

Tecno

Relevo nashrining yozishicha, 29 yoshli futbolchiga asosan “Manchester Yunayted” va “Real” ko‘z tikmoqda. Keyn o‘ziga ma’qulroq variantni tanladi.

Manbaga ko‘ra, Harri Keyn “Real”ga ko‘chib o‘tishga moyillik bildirmoqda. Bu variant “Tottenxem” xo‘jayini Daniel Leviga ham ma’qul bo‘ladi. U bir necha yildan beri hujumchini Angliyaning grand klublariga o‘tishiga yo‘l qo‘ymayapti.

Keynning “shporlar” bilan shartnomasi yakunlanishiga bir yil qolgan bo‘lsa-da, Daniel Levi bu transfer 100 million evrodan qimmat turishini ta’kidlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!