"Real" yozda futbolchilar transferidan 121 mln evro ishlamoqchi. Kimlar sotuvga qo‘yiladi?
Ispaniyaning "Real" klubi yozda 6 ta futbolchini sotuvga qo‘yib, ularning ortidan 121 million evro ishlamoqchi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.
Manbada yozilishicha, Garet Beyl, Xames Rodriges, Lukas Vaskes, Mariano Dias va Nacho hamda Alvaro Odriosola transferga qo‘yiladi. Ammo Nacho va Odriosola qo‘yib yuborilmasligi ham mumkin. Bu ko‘proq klub rahbariyatining qaroriga bog‘liq.
Aynan shu futbolchilarning umumiy narxini Transfermarkt 121 million evroga baholagan.


Fikrlar