
“Real” yozda “Liverpul”ning ikki yulduzini olib ketadi
“Real” rahbariyati yozda himoya chizig‘ini qayta tashkil qilishni rejalashtirilgan edi. Jamoani kuchaytirish maqsadida olib kelinadigan ikki o‘yinchi nomi ma’lum qilindi.
Rejaga ko‘ra, madridliklar mavsum yakunlanganidan keyin “Liverpul” sardori Virjil van Deyk va uning o‘rinbosari Trent Aleksander-Arnoldni Madridga ko‘chirib kelmoqchi.
Defensa Central nashrining ma’lum qilishicha, “Qirollik klubi” shartnomasi yozda tugaydigan har ikki himoyachi bilan yanvarda muzokaraga kirishib, dastlabki ular bilan transfer masalalarida kelishuvga erishmoqchi.
Trent ham, Virjil ham ayni paytda “Liverpul” bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokara olib boryapti. Biroq tomonlar hali o‘zaro kelishuvdan uzoqda ekani aytilmoqda. Madridliklar bu vaziyatdan unumli foydalanib qolishni ko‘zlayapti.
Fikrlar