
"Real" yulduzi boshqa top klubga o‘tadi
"Real" Madrid yarim himochisi Isko Alarkon faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin.
Xabarlarga qaraganda, unga "Sevilya" klubidan jiddiy qiziqish bor. Hatto, andalusiyaliklar 29 yoshli futbolchi bilan shaxsiy kelishuvga erishib olgani haqida ma’lum qilinmoqda. Transfer yanvar oyidayoq rasmiylashtiriladi.
Bu borada eng muhim narsa Iskoning ketish istagi bo‘lgani aytilmoqda. Chunki "qirollik klubi"ning so‘nggi bosh murabbiylari unga o‘yin amaliyoti bermayapti. Shuning uchun, Alarkon Xulen Lopetegi qo‘l ostida o‘ynashga qaror qilgan.
Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma 2022 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Joriy mavsum ispaniyalik xavbek 7 uchrashuvda qatnashdi va maydonda 177 daqiqa harakatlandi.
Fikrlar