“Real” yulduzi “Chelsi”ga o‘tishdan bosh tortdi
“Real” himoyachisi Raul Asensio “Chelsi” tomonidan bildirilgan qiziqishni rad etdi. Bu haqida Le Journal du Real nashri xabar berdi.
Avvalroq London klubi 23 yoshli futbolchining vakillari bilan bog‘lanib, uni yozgi transfer oynasida sotib olish imkoniyatini o‘rgangan edi. Biroq Asensioning o‘zi “Real”ni tark etishdan manfaatdor emas va jamoaning asosiy tarkibi uchun kurashishni rejalashtirmoqda.
Futbolchi mavsumoldi yig‘inidan foydalanib, Joze Mourinyoda yaxshi taassurot qoldirish va portugaliyalik mutaxassisning yangi mavsum rejalariga kirishni maqsad qilgan.
O‘tgan mavsumda Asensio Antonio Ryudiger va Eder Militoning jarohatlaridan so‘ng imkoniyatga ega bo‘lib, La Ligada 23 ta o‘yinda ishtirok etdi va ularning 18 tasida asosiy tarkibda maydonga tushdi. Ammo himoya chizig‘iga yangi futbolchilar kelgach, uning yangi mavsumdagi o‘yin vaqti sezilarli darajada qisqarishi kutilmoqda.

Fikrlar