“Real” yulduzi raqib jamoaga o‘tib ketdi

  • 02.09.2026 08:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real”ning sobiq yarim himoyachisi Daniyel Sebalyos o‘zini tarbiyalagan Ispaniyaning “Betis” klubiga qaytdi.

30 yoshli ispaniyalik futbolchi Sevillya klubiga erkin agent sifatida o‘tib, 2029 yil yozigacha shartnoma imzoladi. Sebalyos 2014–2017 yillarda “Betis” asosiy jamoasida o‘ynagan. U klub bilan Segunda chempionligini qo‘lga kiritgan.

Daniyel Sebalyos 2017–2026 yillarda Madriddning “Real” klubi futbolchisi bo‘lgan. Madriddliklar safida jami 215 ta o‘yin o‘tkazib, 16 ta sovrinni qo‘lga kiritgan:

  • 3 marta Chempionlar ligasi;
  • 3 marta klublar o‘rtasidagi jahon chempionati;
  • 2 marta UEFA Superkubogi;
  • 2 marta Ispaniya chempionligi;
  • 1 marta Ispaniya Kubogi;
  • 3 marta Ispaniya Superkubogi;
  • 1 marta FIFA Qit’alararo kubogi.

Bundan tashqari, yarim himoyachi “Arsenal” safida ijaraga asosida o‘ynab, Angliya kubogi va Superkubogiga sazovor bo‘lgan.

Sebalyos 2018–2023 yillarda Ispaniya milliy terma jamoasi safida 13 ta o‘yin o‘tkazgan, 1 ta gol urgan va 2 ta golli uzatma amalga oshirgan. U asosiy terma jamoa bilan sovrin yutmagan.

Biroq Sebalyos Ispaniya U19 va U21 terma jamoalari bilan 2015 va 2019 yillarda  Yevropa chempionatida g‘olib chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!