“Real” yulduzi yanvarda ketadi

  • 19 noyabr, 2024, 13:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real”ning 28 yoshli yarim himoyachisi Daniel Sebalos qishki transferlar davrida jamoasini o‘zgartirishi kutilmoqda.

Tecno

Diario AS nashrining xabar berishicha, tajribali futbolchi o‘zi kutgan darajada etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti va shu bois muhitni o‘zgartirishga qaror qilgan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Sebalos “Betis”ga qaytishga qaror qilgan.

Sebalos joriy mavsumda madridliklar safida barcha turnirlarda olti marotaba maydonga tushdi va samarali harakatlarni amalga oshira olgani yo‘q.

Transfermarkt portali tomonidan 4 million evroga baholanayotgan futbolchining poytaxt grandi bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!