"Real" "Yuventus"ni ishonchli hisobda mag‘lub etdi (videosharh)

"Real" va "Yuventus" AQShdagi yig‘in doirasida o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. Mazkur bahsda "qirollik klubi" 2:0 hisobida zafar quchdi.

19-daqiqada Karim Benzema penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda Asensio chiroyli kombinatsiyani gol bilan yakunlandi.

Shu tariqa, "qaymoqranglilar" nihoyat mavsum oldi o‘rtoqlik o‘yinida g‘alaba qozondi. Anchelotti shogirdlari avvaliga "Barselona"ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa keyinchalik, "Amerika" bilan durang o‘ynagandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!