"Real" "Zenit"ning 19 yoshli braziliyalik legionerini kuzatmoqda

  • 9 fevral, 2023, 15:50
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid klubi "Zenit" jamoasiga o‘tgan himoyachi Robert Renanni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. "Qirollik klubi" uni markaziy himoyadagi muammolarni bartaraf eta olishiga ishonmoqda. 

19 yoshli himoyachiga madridliklar 40 million evro sarflashga tayyor. Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati yakuniga etgach, Renan uchun rossiyaliklarga taklif yuboriladi. 

Robert shu oyda "Korintians"dan "Zenit" safiga kelib qo‘shildi. Uning rus klubi bilan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar amal qiladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!