
"Real" Modrich o‘rniga zo‘r o‘yinchi olib keladi
“Real” jamoa etakchilaridan Luka Modrichning o‘rnini bosadigan o‘yinchi topdi. 37 yoshni qarshi oladigan xorvat pleymeykeri uzog‘i yana bir mavsum Madridda o‘ynashi mumkin. Keyin esa, “Real”ga maydon markazida ustunlik qiladigan pleymeyker kerak bo‘ladi.
Shu maqsadda, madridliklar “Chelsi” tarbiyalanuvchisi Meyson Mauntni transfer qilishni rejalashtirmoqda.
Mauntga Manchesterning ikki klubi ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Sanktsiyalar tufayli kelajakdagi ahvoli mavhum bo‘lib turgan “Chelsi” yozda bir necha o‘yinchilaridan ajralishi mumkin. Ular orasida Meyson ham bor.
Maunt joriy mavsumda premer-liganing 30 ta uchrashuvida o‘n marta to‘p kiritdi va to‘qqizta golli pas uzatdi.
Fikrlar