“Real”chilar mundialda gol urish bo‘yicha rekord o‘rnatdi

  • 22.07.2026 10:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” klubidan oʻz mamlakatlari terma jamoalariga chaqirtirilgan futbolchilar 2026 yildgi jahon chempionatida gol urish boʻyicha rekord oʻrnatdi.

“Qirollik klubi” vakillari bu yildgi mundialda jami 22  marotaba oʻz hisobiga gol yozdirib qoʻydi va jahon chempionatlari tarixida qayd etilgan eng yaxshi natijani oʻrnatishdi.

Bu rekordning asosiy hissasi Frantsiya milliy terma jamoasi sharafini himoya qilgan Kilian Mbappega toʻgʻri keldi. Moʻhir hujumchi turnir davomida raqiblar darvozasini 10 marotaba ishgʻol qildi.

Shuningdek:

  • Angliyalik Jud Bellingem — 7 ta gol;
  • Braziliyalik Vinisius Zhunior — 4 ta gol;
  • Turkiyalik Arda Gyuler — 1 ta gol urdi.

Avvalgi rekord 18 ta goldan iborat boʻlib, bu natijani 1954 yilda “Gonved”, 2014 yilda “Bavariya” va 2022 yildgi mundialda PSJ futbolchilari qayd etgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!