Valverde bilan bogʻliq mojaro "Real"da oʻzgarishlarga sabab boʻlishi mumkin

  • 10.05.2026 07:19
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Real Madrid" klubida kapitanlarni tanlash tizimi qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

Hozirgi qoidaga ko‘ra, asosiy kapitan va uch nafar vitse-kapitan birinchi jamoadagi staji asosida belgilanadi. Biroq "Diario AS" xabariga ko‘ra, klubda bu an’anadan voz kechish ehtimoli paydo bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, ayrim futbolchilar ushbu tizim o‘zini oqlamagan deb hisoblamoqda va kapitanni jamoa ichidagi ovoz berish orqali tanlash to‘g‘riroq bo‘lishini aytmoqda.

Bunday muhokamalarga vitse-kapitan Federico Valverde bilan Orelien Tchuameni o‘rtasidagi yaqinida yuz bergan janjal sabab bo‘lgani aytilmoqda. Mish-mishlarga ko‘ra, ayrim futbolchilar urugvaylik yarim himoyachidan norozi bo‘lib qolgan.

Shuningdek, asosiy kapitan Daniel Karvaxal mavsum yakunlangach klubni tark etadi. Klub uning tugayotgan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!