"Real"da katta o'zgarishlar kutilmoqda

  • 17.04.2026 03:29
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi yozgi transfer oynasida keng ko‘lamli tarkib o‘zgarishlarini amalga oshirishi mumkin.

Manbalarga ko‘ra, bir qator futbolchilarning kelajagi savol ostida qolmoqda. Shartnomasi yakunlanayotgan David Alaba, Dani Karvaxal va Antonio Ryudiger (shartnomani uzaytirishga yaqin) bilan bog‘liq vaziyatlar ko‘rib chiqilmoqda.

Shuningdek, Raul Asensio, Fran Garsiya va Dani Sebalyos jamoani tark etishi mumkin. Gonsalo Garsiya ijaraga yuborilishi ehtimoli bor, Endrik esa ijaradan qaytishi kutilmoqda. Niko Pas esa "Komo"dan qayta sotib olinishi taxmin qilinmoqda.

Rejaga ko‘ra, Eduardo Kamavinga ham transfer ro‘yxatiga tushishi mumkin — "Real" uni sotib, boshqa profilga ega yarim himoyachi xarid qilishni ko‘rib chiqmoqda.

Ma’lumot uchun, ayni paytda "qaymoqranglilar" La Liga turnir jadvalida 70 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!