
"Real"da mavsumdagi 42-jarohat kuzatildi
“Real” hujumchisi Mariano Dias La Liganing 25-turidan o‘rin olgan “Real Sosedad”ga (1:1) qarshi o‘yinda jarohat olgan.
Mariano ushbu o‘yinni asosiy tarkibda boshlagan va 61-daqiqada zaxiraga olingan edi.
Aytish kerakki, bu “qirollik klubi”da mavsum boshidan buyon qayd etilgan 42-jarohat bo‘ldi. Hozirda Dani Karvaxal, Serxio Ramos va Eden Azar jarohatidan tiklanish jarayonini boshdan kechirmoqda. Ammo ular orasida Azarning tiklanish jarayoni kutilganidek kechmayapti va u hali ham yakka tartibda shug‘ullanmoqda.
Fikrlar