“Real”da qolaman, Mourinьoga aytar so‘zim bor!
Ispaniyalik himoyachi Raul Asensio “Real”ni tark etishni istamayapti va faoliyatini “Qirollik klubi”da davom ettirishdan manfaatdor.
Jurnalist Mario Kortegana ma'lumotiga ko‘ra, futbolchi jamoada qolib, yangi bosh murabbiy Joze Mourinyoga o‘zining foydali bo‘la olishini isbotlamoqchi.
Biroq klub rahbariyati Asensioni sotishni rejalashtirmoqda. Bu boshqa markaziy himoyachini sotib olish uchun zarur transfer, deb hisoblanmoqda.
24 yoshli himoyachining shartnomasi 2031 yilning 30 iyunigacha amal qiladi. O‘tgan mavsumda u 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta assist qayd etgan.

Fikrlar