“Real”da yangi sardor tayinlandi
Madridning “Real” klubi 2026/2027 yilgiy mavsumi uchun sardorlik ierarxiyasini belgilab oldi.
Score90 portali ma'lumotiga koʻra, jamoaning asosiy sardori sifatida Federico Valverde tanlangan.
Undan keyingi oʻrinlarda Vinisius Juniyor, Tibo Kurtua va Rodrigo Goes joylashgan.
Rodrigo jarohat tufayli mavsumning bir qismini oʻtkazib yuborishi sababli, uning vazifalarini Andrey Lunin bajaradi.
Oʻtgan mavsumda jamoa sardori Dani Karvaxal edi, Valverde, Kurtua va Vinisius esa uning oʻrinbosarlari hisoblanardi.
34 yoshli Karvaxal 30 iyun kuni shartnomasi yakunlangach klubni tark etdi. U “Real” safida jami 451 ta uchrashuv oʻtkazgan va hozirda erkin agent hisoblanadi.

Fikrlar