“Real”dan “dahshatli” transfer: Xolandni olamiz!

  • 10.10.2025 17:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Abduqodir Husanov “Manchester Siti” futbolchi hisoblangani bois sports.uz portali ushbu klubga oid ma’lumotlarni o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola qilishni davom ettiradi.

Tecno

“Manchester Siti” to‘purari Erling Xoland Angliya Premer-ligasini zabt etguniga qadar o‘z yurtidan tashqari Avstriya va Germaniya chempionatlarida mahoratini namoyish qilgan.

25 yoshli hujumchining “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasi 2034 yilning yarmigacha davom etishi belgilangan bo‘lsa-da, Erlingning keyingi manzili Ispaniya chempionati bo‘lishi mumkin.

“Barselona” raqobat borasida ashaddiy raqib “Real” bilan tenglashish uchun klubga Erling Xolandni olish rejasini tuzayotgani ma’lum bo‘lgandi.

Endi  Transfer News Live, El Larguero hamda Cadena SER kabi manbalarning ta’kidlashicha, “Real” ham hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun Erling Xolandni olishga qaror qilgan. Aslida “Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres anchadan beri jamoasi hujum chizig‘ida Kilian Mbappe va Erling Xolanddan tarkib topgan superhujum tandemini tashkil qilishni mo‘ljallab kelayotgan edi.

Manbalarda aytilishicha, “Real” xo‘jayini yana shu g‘oyani jonlantiryapti. Ayniqsa, Vinisius Juniorning Madriddagi kelajagi mavhum bo‘lib turgan bir pallada Xoland masalasi yana dolzarb ahamiyat kasb eta boshladi. Bu rejani amalga oshirish yo‘llarini qidirayotgan “Real” rahbariyati Vinisius Juniorni klub uni sotib yubormoqchi ekanidan ogohlantirishga ham ulgurdi.

Transfermarkt portali ekspertlari Xolandni 180 million evroga baholamoqda. “Real” Vinisius Juniorni sotib yuborgan taqdirda bu summani to‘lash madridliklarga hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi.

Superklub: “Manchester Siti” bizdan himoyachi so‘radi

“Manchester Siti” yozgi transferlar vaqtida markaziy himoyachini kuchaytirish uchun frantsiyalik futbolchi Jyul Kundeni o‘z safiga qo‘shib olishga uringani ma’lum bo‘ldi.

Bu haqda “Barselona” sport direktori Deku Mundo Deportivo nashri jurnalistlariga ma’lumot berdi.

- “Manchester Siti” bizdan Jyul Kundeni transfer qilish imkoniyati haqida so‘ragan edi. Biz buni rad etdik. Shundan keyin bu o‘yinchi bo‘yicha ramiy taklif ham bildirilgani yo‘q va hech qanday muzokara ham o‘tkazilmadi, - dedi Deku.

“Barselona” 2022 yilning yozida Jyul Kundeni “Sevilya”dan 50 million evroga transfer qilgan edi. 26 yoshli futbolchining kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yarmigacha davom etishi belgilangan.

Foden kelajagi bo‘yicha muhim qarorga keldi

“Manchester Siti” hujumkor futbolchisi Fil Foden o‘tgan mavsum o‘yinida kuzatilgan inqirozdan qutilib, yana yuqori saviyada o‘ynay boshladi.

Shu bilan birga 25 yoshli o‘yinchi kelajagi bo‘yicha bir to‘xtamga keldi.  Football Insider nashrining ma’lum qilishicha, Foden taqdirini uzoq yillar davomida “Manchester Siti” bilan bog‘lashga qaror qilgan.

Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha davom etishi belgilangan. Klubdagilar yangi shartnoma tayyorlash ishlarini boshlab yuborgani aytilmoqda.

Fil Foden “Manchester Siti” akademiyasining eng iqtidorli tarbiyalanuvchilaridan hisoblanadi. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda sakkizta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasiga ikkita gol urdi va jamoadoshlariga bir juft golli pas uzatdi.

Transfermarkt portali ekspertlari Fil Fodenning transfer summasini 100 million evroga baholamoqda.

 

“Manchester Siti”ning Husanov bo‘yicha yakuniy qarori ma’lum bo‘ldi

Husanov mashhur futbolchining mundialga yo‘lini to‘sib qo‘ydi

Husanov “dahshatli” qurol, murabbiy uni kutyapti!

ChatGPT Husanov gol urgan jamoaga manchesterlik futbolchini joyladi

O‘zbekistonda mundialni “yondiradigan” uchta futbolchi bor!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!