“Real”dan ikki, “Barsa”dan bir futbolchining narxi keskin ko‘tarildi

  • 05.10.2026 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning «Real» klubiga yangi qo‘shilgan Yan Diomande va Karlos Espi, shuningdek, «Barselona» tarbiyalanuvchisi Xavi Espart Transfermarkt portali tomonidan futbolchilarning transfer qiymati yangilangandan so‘ng Ispaniya La Ligasida bozor qiymati eng ko‘p oshgan futbolchilar beshligiga kirdi.

Transfermarkt versiyasi bo‘yicha La Ligada bozor qiymati eng ko‘p oshgan 5 futbolchi (5 oktyabr):

  1. Yan Diomande («Real Madrid») — 120 mln yevro (+30 mln yevro).
  2. Karlos Espi («Real Madrid») — 40 mln yevro (+20 mln yevro).
  3. Xavi Espart («Barselona») — 25 mln yevro (+20 mln yevro).
  4. Pablo Barrios («Atletiko Madrid») — 70 mln yevro (+15 mln yevro).
  5. Mark Pubil («Atletiko Madrid») — 50 mln yevro (+15 mln yevro).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!