“Real”ga 19 yoshli futbolchi 230 million yevroga tushdi
Madridning “Real” klubi ivuarlik futbolchi Yan Diomande transferi uchun maosh va soliqalarni ham hisobga olganda, umumiy hisobda taxminan 230 million yevro sarflaydi.
Bu haqida Mundo Deportivo xabar berdi.
Futbolchining bevosita transferi 130 million yevroga baholanmoqda: madridliklar shundan 105 million yevroni kafolatlangan summa sifatida, qolganini bonuslar ko‘rinishida to‘laydi.
Diomandening “Real” bilan shartnomasi yetti mavsumga – 2033 yil 30 iyunigacha mo‘ljallangan.
Futbolchining yillik maoshi soliqlardan keyin taxminan 7 million yevroni tashkil etadi. Umuman olganda, klub uning maoshiga 98 million yevro yo‘naltiradi. Bu mablag‘ning 49 millioni soliq sifatida davlat xazinasiga to‘lanadi.
Shu tariqa, “Real”ning Diomande transferi bo‘yicha umumiy xarajatlari taxminan 230 million yevroga yetadi. Bu esa ushbu transferni klub tarixidagi eng qimmat bitimlardan biriga aylantiradi.

Fikrlar