“Real”ga Kepa yoqmadi

  • 20.10.2023 10:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real” rahbariyati asosiy darvozabon Tibo Kurtua jarohat olganidan keyin uning o‘rnini “Chelsi”dan ijaraga olingan Kepa Arrisabalagaga topshirgan edi.

Ispaniyalik darvozabonga Madrid klubi juda ma’qul keldi va “Chelsi”ga qaytish niyati yo‘qligini aytdi.

Biroq “Real” mutasaddilarining fikri boshqacha chiqdi. Manbalarning ta’kidlashicha, madridliklar tajribali darvozabonni to‘liq transfer qilish huquqidan foydalanmaydi.

Kepa Arrisabalaga “Real”ga o‘tganidan keyin Ispaniya chempionati va Evropa Chempionlar ligasida jami to‘qqizta uchrashuvda qatnashib, o‘z darvozasidan ettita to‘p olib chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!