“Real”ga kerak bo‘lmagan oʻyinchi Braziliyadа qahramon bo‘ldi

  • 07.06.2026 09:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

6 iyundan 7 iyunga o‘tar kechasi jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida Braziliya va Misr terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik bahsi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv AQShning Klivlend shahridagi “Klivlend Brauns” stadionida bo‘lib o‘tdi va besh karra jahon chempionlarining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Bahsning 8-daqiqasida Brunu Gimarains hisobni ochgan bo‘lsa, misrliklarga vaziyatni o‘nglash uchun uch daqaqa kifoya qildi. Mustafo Ziko aniq zarba bilan muvozanatni tikladi.

Uchrashuv qahramoni Endrik bo‘ldi. “Real” asosiy tarkibiga kira olmagani uchun mavsumning ikkinchi qismini “Lyon”da o‘tkazgan futbolchi Braziliya terma jamoasi muxlislari ishonchni oqladi.

Endrik 53-daqiqada g‘alaba to‘pini kiritdi.

Misr milliy jamoasining yulduz hujumchisi Muhammad Saloh tanaffusdan keyin maydonga tushdi, ammo samarali harakat qayd eta olmadi.

Braziliya va Misr terma jamoalari AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan 2026 yildagi jahon chempionatida ishtirok etadi. Braziliya “S” guruhida Marokash, Gayti va Shotlandiyaga qarshi bahs olib boradi. Misr esa “G” guruhida Belgiya, Eron va Yangi Zelandiya terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!