“Real”ga kerak bo‘lmay qolgan yulduzga 3 klub qiziqmoqda
Avstriyalik himoyachi David Alaba "Real"ni tark etadi va unga allaqachon ba'zi taniqli klublar qiziqish bildirmoqda. Gap Turkiyaning "Gatalasaray" va Angliyaning "Manchester Yunayted" klublari haqida ketmoqda. Pianetamilan.it xabariga ko‘ra, Alabaga Italiya ning "Milan" jamoasini ham qiziqtirmoqda.
David Italiya grandi himoyachisi Straxinya Pavlovich uchun zahira varianti sifatida ko‘rilmoqda, hozirda "Milan"da alternativ himoyachilar yo‘q. Shuni ta'kidlash kerakki, Italiya klubi so‘nggi yillarda faxriylarni, jumladan, "Real"ni tark etayotganlarni juda yaxshi ko‘radi, buni o‘tgan yili Luka Modrichning taklif qilinishi ham ko‘rsatadi.
Alaba 2021 yildan beri "Real" safida to‘p surmoqda.

Fikrlar