
"Real"ga qarshi o‘yin oldidan "Siti"da yo‘qotish bor
Natan Ake "Real"ga qarshi bahsni jarohat sabab o‘tkazib yuboradi.
"Manchester Siti" himoyachisi APL 35-turidan o‘rin olgan "Lids"ga qarshi bellashuvning 54-daqiqasida jarohat olib, maydonni tark etgandi.
Himoyachi "shaharliklar"ning UEFA Chempionlar ligasi yarim finalidan o‘rin olgan "Real"ga qarshi o‘yin uchun qaydnomasidan joy olmagan. Shuningdek, u jamoaning so‘nggi mashg‘ulotlarida ham ishtirok etmadi.
Fikrlar