
“Real”ga Sulsher qadrlamagan futbolchi kerak
“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti “Manchester Yunayted” himoyachisi Diogu Dalotni transfer qilishni rejalashtirmoqda.
Aslida italiyalik murabbiy Dalotga “Everton”da ishlab yurganidan beri xaridor hisoblanadi.
“Manchester Yunayted” rahbariyati bosh murabbiy Ule-Gunnar Sulsher ishonch bildirmayotgan himoyachini 15 million evroga sotib yuborishga tayyor. Shunday bo‘lsa-da, “qirollik klubi”ga bu transferni amalga oshirish oson bo‘lmaydi.
Chunki “Milan” Dalotni yana ijaraga olib, keyinchalik 22 yoshli futbolchining transferini to‘liq sotib olishni rejalashtirmoqda.
“Portu” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Diogu Dalot 2018 yilda “Manchester Yunayted”ga transfer qilingan edi.
Fikrlar