
"Real"ni finallarda faqat bir jamoa mag‘lub eta olgan
"Real" Madrid bugun tunda UEFA Superkubogi doirasida "Ayntraxt" bilan kuch sinashdi. Unda madridliklar 2:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bu "qirollik klubi"ning 2014 yildan beri ishtirok etgan 19-finali edi. Madrid grandi ushbu finallarning 17 tasida g‘alabani qo‘lga kiritgan.
Faqatgina ikki final boy berilgan. Biri 2014 yilda Ispaniya Superkubogi va ikkinchisi 2018 yilda UEFA Superkubogi. Qizig‘i, ikki bahsda ham raqib Madridning boshqa bir klubi "Atletiko" bo‘lgan.
Fikrlar