"Real"ning 2 futbolchisi koronavirusdan sog‘aydi

  • 20.11.2020 16:33
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol

Bir necha kun avval, "Real" futbolchilari Eden Azar va Eder Militao koronavirusga chalingandi. Ispaniya nashrlari ushbu o‘yinchilar virusni engib o‘tganini xabar berdi.

Manbalarda yozilishicha, Azar hamda Militao "Vilyarreal"ga qarshi bahsda maydonga tushishga tayyor. Klub matbuot xizmati oldinroq, Kazemiro ham kasallikni engib o‘tgani haqida ma’lum qilgandi.

Ertaga, 21 noyabr kuni "Qirollik klubi" safarda "Vilyarreal" bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!