
"Real"ning 2 ta yarim himoyachisi "Leganes"ga qarshi o‘ynamaydigan bo‘ldi
"Real" yarim himoyachilari Garet Beyl va Xames Rodriges "Leganes"ga qarshi o‘yin oldidan jamoaning mashg‘ulotlarini o‘tkazib yubordi.
Beyl shaxsiy muammolari tufayli Londonga ketgan. U terma jamoa ixtiyorida olgan jarohatini tuzatish bilan mashg‘ul.
Xames esa Kolumbiyada bo‘lib turibdi. Sababi u farzandli bo‘lgan.
Shu qatorda, Luka Modrich jarohatidan forig‘ bo‘lgan va qaydnomaga kiritilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, "Real" - "Leganes" qarama-qarshiligi 30 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar