
“Real”ning 2022/23 yilgi mavsum uchinchi libosi taqdim etildi (foto)
"Real" Madrid 2022/23 yilgi mavsum uchun uchinchi libosini taqdim etdi.
To‘plam dizayni "Santyago Bernabeu" stadionining rekonstruktsiya ishlariga bag‘ishlangan. To‘plamning o‘ziga xos xususiyatlari: yoqa qismidagi o‘zgarishlar, elkalarida och sariq chiziqlar va stadion tomida bo‘ladigan chiziqlarga o‘xshaydigan naqsh.
"Qaymoqranglilar" 20 avgust kuni "Selta"ga qarshi o‘yinda uchinchi libosida debyut qiladi.
Fikrlar