
"Real"ning 3 futbolchisi gol urgan o‘yinda Braziliya Gvineyani tor-mor etdi
Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi doirasida Braziliya hamda Gvineya terma jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Mazkur bellashuvda "pentakampeonlar" 4:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Janubiy amerikaliklarning gollariga Joelinton, Rodrigo, Militao hamda Vinisius mualliflik qildi. "Qora qit’a" vakillarining yagona goli Girassi hisobiga yozildi.
Fikrlar