"Real"ning asosiy transfer maqsadi qaysi futbolchi ekanligi ma’lum
Dortmundning "Borussiya" klubi futbolchisi Jud Bellingem faoliyatini Evropa futbolidagi eng nomdor klublaridan birida davom ettirishi mumkin. Angliyalik futbolchiga "Real" jiddiy qiziqish bildirmoqda.
AS nashri xabariga ko‘ra, ispan grandi 18 yoshli futbolchini sotib olish borasida muzokara olib borishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bellingem madridliklarning yozdagi asosiy transfer maqsadiga aylandi. Judni "qaymoqranglilar"dan tashqari "Liverpul" va "Chelsi" klublari ham qo‘lga kiritishga urinib ko‘rmoqchi.
Bellingemning transfer qiymati 80 million evroga baholanmoqda. 2021/2022 yilgi mavsumda futbolchi "Borussiya" safida 44 ta o‘yin o‘tkazib, 6 gol va 14 assist muallifiga aylangan. Uning "asalari"lar bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Fikrlar