"Real"ning hujum chizig‘i uchun asosiy rejasi ma’lum bo‘ldi

  • 11.05.2026 20:40
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Matbuotda "Real Madrid"ning kelgusi tarkibni shakllantirish rejalari haqida turli maʼlumotlar tarqalmoqda.

"AS" nashrining xabar berishicha, madridliklar hujum chizigʻida asosiy eʼtiborni Jud Bellingem, Vinisius Zunior va Kilian Mbappega qaratmoqchi.

Ular klubning yangi loyihasida asosiy oʻyinchilar sifatida koʻrilmoqda. Shu bilan birga, klub yosh isteʼdodlar Endrik va Niko Pasni yana jamoaga qaytarib, hujum chizigʻini yanada kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq Vinisiusning shartnoma boʻyicha muammoli muzokaralar sababli “Real Madrid”dagi "asosiy futbolchilar" roʻyxatiga kirmasligi haqida ham xabarlar tarqalgan edi.

Eslatib oʻtamiz, yakshanba kuni "Barselona" oʻz maydonida "Real Madrid"ni 2:0 hisobida magʻlub etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!