"Real"ning ijaradagi futbolchisi APL klublari o‘rtasida jiddiy raqobat paydo qildi

  • 29 mart, 2021, 12:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumni ijara asosida “Arsenal”da o‘tkazayotgan “Real” yarim himoyachisi Martin Edegor APL grandlarining jiddiy qiziqishlariga sabab bo‘la boshladi.

Tecno

AS nashrining yozishicha, 22 yoshli norvegiyalik futbolchini “Chelsi” va “Liverpul” o‘z safida ko‘rishni xohlamoqda. Ammo “Arsenal” ham Edegorni qo‘yib yubormoqchi emas va shu sababli yozda “qirollik klubi”dan uning transferini sotib olmoqchi.

“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan esa Edegorni sotib yuborilishiga rozi. Boisi, frantsiyalik mutaxassis Martinni o‘z jamoasida ko‘rishni xohlamayapti.

Martin Edegor joriy mavsum Angliya premer-ligasida jami 8 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!