"Real"ning ikki futbolchisi APLga ko‘chib o‘tishi mumkin!
"Real" himoyachilari Lukas Vaskes va Nacho Fernandes yozgi transfer oynasida "qirollik klubi"ni tark etishi mumkin. Bu haqda "Todofichajes" nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, Birmingemning "Aston Villa" klubi o‘yinchilarni sotib olishga qiziqish bildirmoqda. "Sherlar" bosh murabbiyi Unai Emerining shaxsan o‘zi transferni so‘ramoqda.
Futbolchilarning o‘zi ham "Tumanli Albion"ga o‘tishga qarshi emas. Har ikki ispan ham yangi chempionatda o‘zini sinab ko‘rmoqchi.
Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Fernades 16 ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa, Vaskes 18ta uchrashuvda qatnashib, bitta gol va 3ta golli uzatmaga mualliflik qildi.



Fikrlar