“Real”ning ikki yulduzini Shomurodov o‘ynayotgan ligada kutishyapti

  • 7 sentabr, 08:58
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiya Superligasining eng mashhur klublaridan hisoblangan “Beshiktosh” yangi murabbiylar shtabi tashabbusi bilan tarkibini kuchaytirishga kirishdi.

Tecno

Ma’lumki, Turkiyada yozgi transferlar oynasi 12 sentyabr kuni yopiladi. Ayni paytda tark klublari o‘zlari ko‘zlagan o‘yinchilarni olish imkoniyatini qidiryapti.

“Beshiktosh” mutasaddilari “Real”dan markaziy himoyachi Raul Asensioga ko‘z tikmoqda.  Sport.es saytining yozishicha, futbolchining o‘zi Madriddan ketishga shoshilmayapti.

Yana bir qudratli klub – “Fenerbahche”ga “Qirollik klubi”ning boshqa markaziy himoyachisi David Alaba kerak. Madridliklar avstriyalik himoyachining ketishiga qarshilik qilmasligini bildirdi.

Chunki bu himoyachi og‘ir jarohatlardan keyin hali yuqori sport formasini tiklab olgani yo‘q. Klub xo‘jayinlari 33 yoshli futbolchining kelajagiga shubha bilan qaramoqda. Qolversa, David Alaba klubda eng katta maosh olayotgan futbolchilardan biri hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!