“Real”ning jarohat olgan futbolchisi ikkita o‘yinga chetlatildi
Dani Karvaxal Chempionlar ligasida 2 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi.
"Real" himoyachisi Chempionlar Ligasining 1-turidan o‘rin olgan "Marsel"ga qarshi uchrashuvda qizil kartochka olib maydondan chetlatilgandi. Ispaniyalik futbolchi ikkinchi bo‘limda argentinalik darvozabon Xeronimo Ruliga qarshi qo‘polik qilgan edi.
Ma’lumot uchun, Daniel Karvaxal "Qayrat" va "Yuventus"ga qarshi o‘yinlarda maydonga tushmaydi. Lekin himoyachisi yaqinda jarohat olib va 1 oyga safdan chiqgan ma’lum qilingan edi.



Fikrlar