"Real"ning "Levante"ga qarshi qaydnomasi ma’lum. Tarkibda yo‘qotishlar bor!

“Real” Ispaniya La Ligasining 21-turidan o‘rin olgan “Levante”ga qarshi o‘yin uchun qaydnomani e’lon qildi.

E’tiborlisi, 20 talik tarkibdan jamoa sardori Serxio Ramos, Nacho Fernandes, Dani Karvaxal, Fede Valverde va Lukas Vaskes o‘rin olmadi. Ular o‘rniga "Kastilya"dan Viktor Chust, Serxio Arribas hamda  Anitonio Blanko chaqirildi.

Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Andrey Lunin, Diego Altube.

Himoyachilar: Eder Militao, Rafael Varan, Marselo, Alvaro Odriosola, Ferlan Mendi, Viktor Chust.

Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich, Kazemiro, Isko, Serxio Arribas, Anitonio Blanko.

Hujumchilar: Eden Azar, Karim Benzema, Marko Asensio, Vinisius Junior, Mariano Dias

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!