
"Real"ning "Liverpul"ga qarshi o‘yin qaydnomasi e’lon qilindi. 5 nafar etakchi "Enfild"ga bormaydi!
“Real” Madrid bosh murabbiyi Zinedin Zidan UEFA Chempionlar ligasi 1/4 final javob bahsidan o‘rin olgan “Liverpul”ga qarshi o‘yin uchun qaydnomani e’lon qildi.
Frantsiyalik mutaxassis ushbu qaydnomaga 21 nafar futbolchini kiritdi. Serxio Ramos, Daniel Karvaxal, Lukas Vaskes va Eden Azar esa jarohat sabab ushbu o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Rafael Varan esa koronavirusdan to‘liq davolanib ulgurmadi va shu sababli u ham “Enfild”ga bormaydi.
“Real”ning “Liverpul”ga qarshi o‘yin uchun qaydnomasi quyidagicha ko‘rinish oldi:
Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Andrey Lunin, Diego Altube;
Himoyachilar: Eder Militao, Nacho, Marselo, Alvaro Odriosola, Ferlan Mendi, Viktor Chust;
Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich, Kazemiro, Federiko Valverde, Isko, Marvin Pak, Serxio Arribas;
Hujumchilar: Karim Benzema, Marko Asensio, Vinisius Junior, Mariano Dias, Rodrigo Goes.
Ma’lumot uchun, “Liverpul” – “Real” o‘yini 14 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi. Ushbu jamoalarning Madriddagi bellashuvida 3:1 hisobida “qirollik klubi”ning qo‘li baland kelgan.
Fikrlar